27 okt 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov: “Duo qilib turinglar, hammasi yaxshi bo'ladi”
Xabar berganimizdek, ertaga superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangida ringga ko'tariladi.
Bahodir faoliyatidagi uchinchi jangini Amerika vaqti bilan bugun tunda, bizning vaqt bilan esa ertaga tongda amerikalik Tayrel Raytga qarshi o'tkazadi. Jang oldidan Jalolov o'z fikrini bildirdi.
“Assalomu alaykum, vatandoshlar! Mana vazn o'lchash marosimidan ham o'tib oldim. Nasib qilsa, ertaga uchinchi jangimni o'tkazaman. Duo qilib turinglar!!! O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi”, - deb yozadi Jalolov o'zining Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar