17 noy 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov: "Ikki afsona bilan" (FOTO)
Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov Instagram sahifasiga yangi post joyladi.
Unda Jalolovning superog'ir vazn toifasidagi ukrainalik mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik hamda supero'rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangan Terens Krouford bilan aks etgan suratini ko'rish mumkin. Bahodir suratni "Ikki afsona bilan", deya nomlagan.
Sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradov esa postga "Uch nafar afsona", deya izoh qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, 14 noyabr kuni Toshkent shahrida yirik professional boks oqshomi o'tkazildi. Oqshom doirasida Bahodir Jalolov nigeriyalik Solomon Adebayoga qarshi jang qilib, to'rtinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratgandi. Usik va Krouford mazkur oqshomda faxriy mehmonlar sifatida ishtirok etdi.

Havola :
Manba : instagram.com/bakhodirdjalolov
Fikrlar