So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

21 apr 07:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov jahon chempionatidagi mezbonlik masuliyati, tayyorgarlik va asosiy raqiblar haqida gapirdi

Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov Toshkent shahri mezbonligida o'tadigan jahon chempionati oldidan saytimizga intervyu berdi.

"Tayyorgarlik yaxshi, yigitlarning kayfiyati alo darajada. Ukraina, Rossiya va Xorvatiyadan menga sparringlarda yordam berish uchun kuchli bokschilar olib kelindi. SHu bokschilar bilan yaxshi sparringlar o'tkazdik. Jahon chempionatida qo'limizdan kelgan ishni qilamiz, qolgani Allohdan. 

Masuliyat juda katta. Biz ko'proq medal olishimiz kerak, umumjamoa hisobida ham birinchi bo'lishimiz zarur. Bu bizni eng katta maqsadimiz. Biz faqat oltin medal uchun ringga chiqamiz. Boshqasi qiziqtirmaydi. Har bir vaznda kuchli bokschilarimiz bor. Har birimizda oltin medalni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud. Biz yaxshi sport formasidamiz, lekin birinchi bo'lishimiz uchun avvalo ruhiy jihatdan tayyor bo'lishimiz kerak. Sportchi ajoyib formada bo'lsa ham, uning psixologiyasi tayyor bo'lmasa, hech narsa qila olmaydi, deb o'ylayman. 

Rossiya va qozog'istonlik bokschilar menga asosiy raqobatchi bo'lishi mumkin. Kuchli bokschilar ko'p, ayniqsa Evropada. Menga raqibning ahamiyati yo'q. Kim bilan bo'lsa ham Allohga tavakkal qilib ringga chiqamiz. 

Albatta, o'z uyingda devorlar ham yordam beradi, lekin masuliyat ham yuqori bo'ladi. CHunki o'z xalqimiz oldida jang qilamiz. Boks oson sport emas - bitta zarba hammasini hal qilib qo'yadi. Ehtiyotkorlik bilan ishlashimiz shart. Sababi, o'z uyimizdamiz. Ayniqsa menga - og'ir vaznda, ehtiyotkorlik muhim. Iloji boricha, turli taraflarga chalg'imasdan maqsadimiz sari to'g'ri yo'lda borishimiz kerak", - dedi Jalolov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing