25 fev 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov: "Ko'chada urishib hech kim obro' topmaydi"
Prof bokschimiz Bahodir Jalolov ko'chada janjallashadiganlar haqida fikr bildirdi.
"Ko'chada urishib hech kim obro' topmaydi. Bazida o'zim ham ko'chada tortishib turganlarni ko'raman-da, bularni urishishga bo'sh vaqti bormi, deb o'ylayman-da. Aqlli odamni urishishga vaqti bo'lmaydi. Sizniki to'g'ri, deb ketish kerak bo'ldi.
Bu qo'rqoqlik emas, aksincha, kuchli odam shunday qila oladi. Jahl hammamizda bor, menga ham, sizga ham muammo kerak emas deb chiroyli ham qilish kerak. Ko'chada urishish aqlli odamni ishi emas. Aqlli odamni o'zini ishi, rejasi bor.
Men kunlik rejalarimni yozib olaman. Deylik, ko'chada kim bilandir 1 soat tortishib qolsam, rejalarim o'zgarib ketadi. Ishlarim bitmay qoladi", - dedi Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar