08 avg 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bahodir Jalolov - Olimpiada chempioni!
Tokio Olimpiadasida boks bo'yicha bahslar yakuniga etdi.
Olimpiadaning so'nggi kunida +91 kg vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov final jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga amerikalik Richard Torrez raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlar Bahodir Jalolovning 5:0 hisobida g'alaba qozonganini qayd etishdi.
SHu tariqa, Bahodir Jalolov Olimpiya o'yinlari chempioniga aylandi.
Bu O'zbekiston sport delegaciyasi uchun Tokio Olimpiadasidagi uchinchi oltin medal bo'ldi. Bungacha Ulug'bek Rashitov va Akbar Jo'raev ham Olimpiada chempioni unvoniga sazovor bo'lgandi. SHuningdek, Davlat Bobonov va Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
БИЛМАМ КИМ НИМА ДЕЙДИ,
У ФАҚАТ РАҚИБНИМАС,
ҲАКАМЛАРНИ ҲАМ ЕНГДИ.
Muborakk bolsin, Welbarker kubig'i ham nasib qilsin