06 may 06:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov professional ringda debyut qildi+FOTO
Bundan bir necha daqiqa avval Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi.
Hamyurtimiz debyut jangida meksikalik bokschi Ugo Truxiloga qarshi ringga ko'tarildi. AQSHda, “Foxwoods Resort Casino” arenasida o'tgan jangning uchinchi raundida Jalolov raqibini nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Ugo shu kungacha professional faoliyati davomida 5ta jang o'tkazib, ularning to'rttasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut bilan) edi. Bitta jangida esa durang qayd etilgandi. Bugun u ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar