So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

24 okt 07:08
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo

Bahodir Jalolov, SHahobiddin Zoirov va boshqa jahon chempionati g'olib va sovrindorlariga pul mukofoti topshirildi

Turli sport turlarida jahon chempionatida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan bir guruh sportchilarimiz Prezident Farmoyishiga ko'ra pul mukofoti bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 25 noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun O'zbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4056-son Farmoniga muvofiq sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019 yil 12-20 iyul, Qozog'iston), eshkak eshish (2019 yil 21-25 avgust, Vengriya), dzyudo (2019 yil 25-31 avgust, Yaponiya), boks (2019 yil 6-22 sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019 yil 14-22 sentyabr, Qozog'iston) bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh sportchilar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Farmoyishga ko'ra quyidagi sportchilar taqdirlanishdi:

Jalolov Bahodir Isomiddin o'g'li – boks bo'yicha 91 kg va undan og'ir vaznda 1-o'rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Zoirov SHahobiddin SHokirovich – boks bo'yicha -52 kg vaznda 1-o'rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Mirzaeva SHaxnoza SHokir qizi – eshkak eshish bo'yicha KL3-200 metr dasturida 1-o'rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim o'g'li – boks bo'yicha -57 kg vaznda 1-o'rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi bo'yicha -72 kg vaznda 2-o'rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Kuzieva Ro'za Rashidovna – parapauerlifting bo'yicha -61 kg vaznda 2-o'rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Lutfullaev SHarafuddin Rustamovich – dzyudo bo'yicha -60 kg vaznda 2-o'rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Ro'zmetov Dilshodbek Yusupbay o'g'li – boks bo'yicha -81 kg vaznda 2-o'rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Assakalov Rustam Sixatbievich – yunon-rum kurashi bo'yicha -87 kg vaznda 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay o'g'li – yunon-rum kurashi -77 vaznda 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Boturov Bobo-Usmon SHamsutdin o'g'li – boks bo'yicha -69 kg vaznda 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Guliev Artur Marlenovich – eshkak eshish bo'yicha S2-200 metr dasturida 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish bo'yicha S2-200 metr dasturida 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Mamadaliev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish bo'yicha S2-200 metr dasturida 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash bo'yicha 125 kg va undan og'ir vaznda 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish bo'yicha S2-200 metr dasturida 3-o'rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari.

Takidlash joiz, bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining Respublika kalendar rejasida belgilangan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing