27 okt 12:29
Yangiliklar

Bahodir Jalolov taroziga chiqdi, uning vazni - 110 kg + FOTO!
Bahodir faoliyatidagi uchinchi jangini Amerika vaqti bilan bugun tunda, bizning vaqt bilan esa ertaga tongda amerikalik Tayrel Raytga qarshi o'tkazadi. Olti raundga mo'ljallangan jang Nyu-York shahridagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Bundan bir necha daqiqa avval bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Bahodir 243 funt, yani 110 kg vaznga ega ekani malum bo'ldi. Jalolov shu kungacha prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Professional boksdagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan Rayt esa 13 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan ( 6ta jangda nokaut evaziga raqiblaridan ustun kelgan). Ikkita bahsda imkoniyatni boy bergan. Yana 2 ta jangda durangga erishgan.
Fikrlar