30 avg 13:45
Yangiliklar
Bahodir Jalolov Usik - Dyubua jangidagi bahsli holat haqida fikr bildirdi
- Usik Fyurini yuta oladimi?
"Jangini ko'rdim. Men bilan deyarli bir vaqtda jang qildi. Menimcha, Usik Fyurini yuta olmasa kerak. CHunki Tayson qanday janglar o'tkazganini ko'rganmiz. U qiyin vaziyatlardan ham chiqib keta oladi. Nokdaunlardan ham chiqib ketgan. Usikning o'tirib qolgan holati ham nokdaun edi. Boisi, menga ham jang payti referi kelib, kamarga tegsa, nokdaun bo'lishini aytdi. U erda haqiqatan ham nokdaun bo'lgan edi. Bilmadim, nega Usikka vaqt berildi. Bu ukrainalik bokschi uchun "podderjka" bo'ldi. Bu vaziyat Usikda avval ham bo'lgan. Aleksandrning qorin qismi kuchsizroq. Har bir sportchini kamchiligi bor," - dedi Bahodir.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik 27 avgust kuni Polshada britaniyalik Daniel Dyubua bilan jang qilib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Fikrlar