21 iyu 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov yaqin oradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
Olimpiya o'yinlari g'olibi Bahodir Jalolov qisqa tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytganini malum qildi.
“Qisqa tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarni boshlab yubordik. Tez orada professional boksda navbatdagi jangimni o'tkazaman. Asosiy etibor esa Parij Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o'yinlariga qaratilgan. Kuzatishda va qo'llab-quvvatlashda davom eting!", - deya yozib qoldirgan Jalolov o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar