08 iyu 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolovga uy sovg'a qilindi
Boks bo'yicha ikki karra jahon chempioniga viloyat hokimi yangi xonadon kalitini topshirdi.
Surxondaryo viloyat hokimligda Toshkentda bo'lib o'tgan boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o'tkazildi, deya xabar qildi hokimlik matbuot xizmati.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov ikki karra jahon chempioni, "Tokio-2020" olimpiya o'yinlari g'olibi Bahodir Jalolovning ikkinchi marotaba jahon chempionligini qo'lga kiritgani bilan muborakbod etib, unga xonadon kalitini sovg'a qildi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov Toshkentda o'tkazilgan JCHda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ikki karra jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar