06 apr 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning sobiq raqibi Richard Torres prof ringdagi 13-jangini o'tkazdi
Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi nihoyasiga etdi.
Ushbu boks oqshomi doirasida Bahodir Jalolovning sobiq raqibi, amerikalik Richard Torres italiyalik Guiod Vianelloga qarshi ringga ko'tarildi.
10 raundlik jang to'liq davom etdi va unda Torres ochkolar evaziga (97:92, 98:91, 98:91) g'alabaga jrishdi.
Bu orqali Torres prof boksdagi 13-jangida 13-g'alabani qayd etdi.
Malumot uchun, Bahodir Jalolov havaskor boksda Torresni ikki marotaba mag'lub etgan. 2019 yilgi JCHda hamyurtimiz nokaut evaziga, Tokio Olimpiadasi finalida esa ochkolar evaziga g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar