04 avg 08:03
Yangiliklar
Jahon chempioni "Barselona"da qolishi uchun klub nima qilish kerakligini aytdi
Avvalroq 26 yoshli futbolchi jamoadagi o'z mavqeini etarlicha qadrlanmagan deb hisoblashi va PSJga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyorligi xabar qilingan edi.
— "Barselona" seni olib qolishi uchun nima qilishi kerak?
— "Barsa" meni yaxshi ko'rishini ko'rsatishi kerak, ular muzokaralarga kelishlari mumkin va oxir-oqibat hamma narsa muhokama qilinadi. Har safar PSJ kabi jamoa seni o'z safida ko'rishni istashsa, bu yaxshi. Oxir-oqibat, mening "Barsa" bilan shartnomam bor. Futbolda nima bo'lishini hech qachon bilmaysan, ammo yaxshi tomoni shundaki, shartnomam bo'lgani uchun kutishim va o'zim uchun bir qarorga kelishim mumkin, — dedi Torres “Sportico" nashriga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Ferran Torres barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda ishtirok etib, 21 ta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar