So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

18 fev 17:48
Yangiliklar

Boks reytingi

Bahodir, SHohjahon pastlagan WBC reytingida Isroil va SHahram ko'tarildi + POSTER

Teglar :  WBC
Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi yanvar oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Dekabr oyida reytingdan chiqarilgan Elnur Abduraimov TOP-40 ga qaytdi

SHu tariqa, reytingda 11 nafar charm qo'lqop ustamiz o'rin egalladi. 

Ularning joylashgan o'rinlari bilan tanishing:

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagi o'rniga nisbatan 1 pog'ona pastlab, 15-o'ringa joylashdi;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 1 pog'ona pastlab va 12-o'ringa joylashdi; Bektemir Meliqo'ziev esa 24-o'rinni band etdi, o'tgan oyda u 26-pog'onada edi;

Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 2 po'gona yuqorilab 6-o'ringa joylashdi;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov o'tgan oydagidan 1  pog'ona ko'tailib 17-o'ringa joylashdi; SHahram G'iyosov 19-o'rin, G'iyosov o'tgan oyda 21-o'rinda edi;  Jamshidbek Najmitdinov 30-o'rinda, bokschimiz o'tgan oyda 29-pog'onada ko'rsatilgan edi;

Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 13-o'rinda qayd etildi, bokschimiz o'tgan oyda 11-o'rinni band etib turgandi, Botir Ahmedov 1 pog'ona yuqorilab 21-o'ringa joylashtirildi;

Super yarim engil vazn (58,9 kg): Elnur Abduraimov reytingga qayta kiritilib 39-o'ringa joylashtirildi;

Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning o'tgan oydagidan 1 o'rin ko'tarilib 12-o'rinni band etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing