28 avg 10:38
Yangiliklar
Bahromov va Vardanyan Jahon terma jamoasi safida gilamga chiqdi + FOTOREPORTAJ
Ushbu bellashuv Krasnodardagi yakkakurash festivali doirasida tashkil etildi. Ivan Poddubniy tavalludiga 150 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan festivalda ikki yunon-rum kurashchimiz - Ilhom Bahromov (55 kg) va Aram Vardanyan (72 kg) jahon terma jamoasi tarkibida gilamga chiqishdi. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Rustam Assakalov esa ularga murabbiylik qildi.
Rossiya terma jamoasi — Jahon terma jamoasi — 8:2
55 kg. Vitaliy Kabaloev — Ilhom Bahromov (O'zbekiston) 9:0
60 kg. Anvar Allaxyarov — Viktor CHobanu (Moldova) 3:4
63 kg. Stepan Maryanyan — Aydos Sultangali (Qozog'iston) 6:3
67 kg. Nazir Abdullaev — Maksim Nexoda (Belarus) 8:0
72 kg. Adam Kurak — Aram Vardanyan (O'zbekiston) 4:0
77 kg. Aleksandr CHexirkin — Viktor Nemesh (Serbiya) 3:2
82 kg. SHamil Ojaev — Radik Kuliev (Belarus) 3:1
87 kg. Vaag Margaryan — Semen Novikov (Ukraina) 3:2
97 kg. Aleksandr Golovin — Demian Fon Eyv (SHveycariya) 9:0
130 kg. Mixail Laptev — Beka Kandelaki (Ozarbayjon) 1:3
Fikrlar