11 noy 09:31
Yangiliklar
Bakole IBF chempioni Dyubuaga qarshi jang qilishga tayyor
Bu xabarni kongolik bokschining promouteri Ben SHalom tasdiqladi. Dyubuaning promouteri Frenk Uorren ayni paytda mijozi uchun raqib izlamoqda. Entoni Joshuaga qarshi revansh jangining fevral oyida o'tkazilmasligi deyarli oydinlashdi. Vaziyatdan unumli foydalanib qolish maqsadida Bakole chempionga chaqiruv tashladi. Aslida u reytingning uchinchi pog'onasidan joy olgan Agit Kabayelga qarshi davogarlarning final jangida ringga ko'tarilishi kerak.
"Martin Bakole Deniel Dyubua bilan jangga tayyor. Agar chempionga fevral oyi uchun raqib izlashayotgan bo'lsa, Martin nomzodini taklif qilamiz", — dedi SHalom Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
IBF Bakole - Kabayel jangi uchun promouterlar savdosini 14 noyabrga ko'chirdi. SHalomning fikricha, bu holat Bakolening yakunda chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatini oshiradi.
"Martin — superog'ir vazn toifasining kelajagi. U chempionlik jangiga juda yaqin keldi. Uni bu yo'lda hech kim to'xtata olmaydi. Avvaliga Dyubua mag'lub etiladi, keyin chempionlik kamarlari birlashtiriladi", — dedi Bakolening promouteri.
Fikrlar