01 avg 16:08
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Barbora Kreychikova va Katerina Sinyakova Tokio Olimpiadasi chempioniga aylanishdi
CHexiyalik tennischilar Barbora Kreichikova va Katejina Sinyakova tennis bo'yicha Olimpiya o'yinlarining juftlik bellashuvlari finalida shveycariyalik Belinda Benchich va Viktoriya Golubich tandemini mag'lub etishdi.
1 soatu 25 daqiqa davom etgan uchrashuvda Kreychikova va Sinyakova juftligi raqibalarini 7/5, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioniga aylanishdi. Takidlash lozim, finalning barcha ishtirokchilari uchun bu faoliyatidagi birinchi Olimpiya medallaridir. SHuningdek, kecha Benchich yakkalik bahslarida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Juftlikdagi bronza medallari braziliyalik Luiza Stefani va Laura Pegossiga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar