20 iyu 11:59
Yangiliklar

Barcha janglar o'z kuchida qoldimi? UFC Baku turniri ishtirokchilari taroziga chiqishdi
Oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vazn toifasida sobiq chempion Jamal Xill hamda Xalil Rauntri o'rtasida kechadi.
Biroz avval turnir ishtirokchilari rasmiy vazn o'lchash marosimida qatnashishdi. Tadbir yakuniga ko'ra barcha janglar o'z kuchida qoldi, yani aralash yakkakurash ustalari belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarimog'ir vaznda: Jamal Xill (93,44 kg) vs Xalil Rauntri (93,44 kg)
Engil vaznda: Rafael Fiziev (70,53 kg) vs Ignasio Baxamondes (70,53 kg)
Og'ir vaznda: Kyortis Bleyds (117,02 kg) vs Rizvan Kuniev (119,97 kg)
Kelishilgan vaznda (74,84 kg): Tofik Musaev (73,93 kg) vs Miqtibek Orolbay (74,84 kg)
Engil vaznda: Nazim Sadixov (70,3 kg) vs Nikolas Motta (70,53 kg)
Yarim engil vaznda: Muhammad Naimov (66,22 kg) vs Bogdan Grad (66,22 kg).
Prelim kard:
Yarim o'rta vaznda: Seoxyuyon Ko (76,88 kg) vs Oban Elliott (77,33 kg)
O'rta vaznda: Ismail Naurdiev (84,36 kg) vs Yun Yong Park (84,36 kg)
Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Darya Jeleznyakova (61,68 kg) vs Melissa Mullins (61,68 kg)
Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Irina Alekseeva (61,46 kg) vs Klaudiya Sigula (61,23 kg)
O'ta engil vaznda: Tagir Ulanbekov (57,15 kg) vs Azat Maksum (57,15 kg)
Og'ir vaznda: Hamdi Abdulvahab (115,43 kg) vs Muhammad Usman (110,9 kg).
Fikrlar