So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

09 fev 13:30
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari, Qiziqarli!

Barchasi "Pyongchang-2018" Olimpiadasi haqida!

Bugun Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari start oladi.

SHu munosabat bilan mazkur Olimpiada haqida malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


Olimpiada-2018

Tashkilotchi shahar: Pyongchang (Janubiy Koreya)

Ishtirokchi mamlakatlar soni: 92

Sportchilar soni: 2500 dan ortiq

Medallar: 102 ta jamlanma

Ochilish marosimi: 9 fevral

Yopilish marosimi: 25 fevral

Rasmiy sayti: www.pyeongchang2018.com/en


XXIII qishki Olimpiya o'yinlari 2018 yilning 9 - 25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o'tkaziladi.

O'yinlarni o'tkazish uchun avvaliga uchta shahar - Ansi (Franciya), Myunxen (Germaniya), Pyongchang (Janubiy Koreya) nomzodlari ko'rsatilgandi. 

2011 yilning 6 iyul kuni Xalqaro olimpiya qo'mitasining Janubiy Afrika Respublikasida o'tkazilgan 123-sessiyasida 2018 yilgi olimpiada mezbonini aniqlash uchun saylov tashkil qiligan. Saylov natijalariga ko'ra, Pyongchang shahri 63 foiz ovoz to'plab, g'alaba qozonadi.


Olimpiada medallari

2017 yilning 21 sentyabr kuni Janubiy Koreya poytaxtida Olimpiada medallari taqdimoti o'tkazildi. Medallarning old tomonida diagonal chiziqchalar tushirilgan. Bu Olimpiada tarixi va sportchilarning barqarorligi timsoli hisoblanadi. Orqa qismida esa sport turlari ramzlari tushirilgan.



Pyongchangda sportchilar 15 yo'nalish bo'yicha medallar uchun kurash olib boradilar

Biatlon

Bobsley

Skeleton

Kyorling

Konkida yugurish

Figurali uchish

SHort-trek

Tog' chang'isi

CHang'i ikkikurashi

CHang'i poygalari

Trampolindan sakrash

Fristayl

Snoubord

CHana sporti

Xokkey

O'yinlar timsoli

O'yinlar timsoli sifatida Suxoran yo'lbarsi va Pandabi ayiqchasi tanlangan.


Musobaqaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
09 fev 17:19:44
Mansur Baltaev
Буларкану мана Пёнгчанг деб ёзилса
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing