01 apr 21:08
Yangiliklar
Barkalla! "Nomzodlar turniri". Sindarov peshqadamlar bahsida asosiy raqibi Fabiano Karuanani mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, musobaqada amaldagi Jahon Kubogi g'olibi hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Grossmeysterimiz ilk turda rossiyalik Andrey Esipenkoni mag'lub etib, ikkinchi turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan murosaga kelgan, uchinchi turda esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, o'zi singari 1,5 ochkoga ega bo'lib turgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhani chiroyli tarzda taslim etishga muvaffaq bo'lgandi.
Hozirgina Sindarov asosiy raqibi, o'zi singari 2,5 ochkoga ega bo'lib turgan, dunyoning amaldagi uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuanani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ushbu g'alabadan so'ng Javohir 4 imkoniyatdan 3,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi.

Fikrlar