01 apr 16:22
Yangiliklar
Kongo DR prezidenti terma jamoani tabrikladi
Bu haqda Kongo Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Ellik ikki yil o'tib, nihoyat, biz bunga erishdik! Respublika Prezidenti Feliks CHisekedi "Leopardlar"ni Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo'lib o'tgan qitalararo pley-off finalida Yamayka jamoasi ustidan qozonilgan ajoyib g'alaba bilan tabriklaydi", – deyiladi rasmiy bayonotda.
Prezident Feliks CHisekedining so'zlariga ko'ra, "ushbu tarixiy natija milliy terma jamoaning yarim asrdan ortiq kutishidan so'ng Jahon chempionatiga qaytishini anglatadi va butun boshli avlodning orzusini ro'yobga chiqaradi".
"Sportdagi ushbu yutuqdan tashqari, bunday muhtasham yo'l jamoaviy ruh, fidoyilik va matonatni o'zida mujassam etadi. Mazkur g'alaba milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 2026 yilning iyun oyida ko'rishguncha", – deya xulosa qilgan manba.
Fikrlar