24 okt 20:22
Yangiliklar
Temirov Kavanaga, Yan Dvalishviliga qarshi, Volkanovski esa Evloev bilan jang qiladi! UFC 333 turniridan ONLAYN
Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda avstraliyalik amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski rossiyalik davogar Movsar Evloevga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Turnirning co-main event jangi ham chempionlik maqomida bo'ladi. O'ta engil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Pyotr Yan ushbu kamarning sobiq sohibi Merab Dvalishvilidan o'z kamarini himoya qiladi. Bu trilogiya jangi bo'lib, hisob hozircha 1:1 ko'rinishida bo'lib turibdi. 2023 yilning mart oyida Dvalishvili, 2025 yilning dekabrida esa Yan revanshda g'alaba qozongan edi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning ahamiyati jihatidan uchinchi muhim jangida hamyurtimiz Ramazon Temirov angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqadi. SHuningdek, turnir kardidan Aleksandr Volkov - Rizvan Kuniev jangi ham o'rin olgan bo'lib, rossiyalik og'ir vaznlilar o'rtasidagi ushbu to'qnashuv ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda.
Ushbu sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin.
UFC 333 turnirining to'liq kardi:
Yarim engil vazn: Aleksandr Volkanovski (chempion) – Movsar Evloev (# 1)
O'ta engil vazn: Pyotr Yan (chempion) – Merab Dvalishvili (# 1)
Eng engil vazn: Lone Kavana (# 6) – Ramazan Temirov (# 10)
Og'ir vazn: Aleksandr Volkov (# 2) – Rizvan Kuniev (# 7)
Yarim engil vazn: Aaron Piko (# 11) – Losen Keyta
Prelim kard:
Yarim og'ir vazn: Azamat Murzakanov (# 7) – Dominik Reyes (# 8)
Yarim og'ir vazn: Nikita Krilov (# 15) – Abdul-Raxman Yahyoev
O'rta vazn: Abusupyan Magomedov (# 12) – Kemeron Rouston
Engil vazn toifasi: Grant Douson – Nurullo Aliev LIVE
O'ta engil vazn: Kolbi Tikness – Asaf CHopurov, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
O'rta vazn: Abubakar Vagaev – Jeykob Malkun, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Yarim engil vazn: Bolaji Oki – Daniel Santos, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Engil vazn: Kodi Stil – Noa Gyunon, (1-raundda KO-TKO);
Ayollar minimal vazn: Yasmin Lusindo – Nikol Kalyari, (Hakamlarning yakdil qarori bilan).
Fikrlar