08 avg 10:44
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" sardori "Liverpul"ga o'tadi
"Liverpul" urugvaylik himoyachi va jamoa sardori Ronald Arauxoni ijaraga olish bo'yicha "Barselona" bilan to'liq kelishib oldi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar beradi.
Manba malumotiga ko'ra, hujjatlar yaqin 24 soat ichida imzolanadi. Takidlanishicha, ijara kelishuvi "Liverpul"ning ixtiyoriga ko'ra sotib olish bandini o'z ichiga oladi.
Ronald Arauxo 2020 yildan beri "Barselona"ning asosiy jamoasi safida to'p surib kelmoqda. O'tgan mavsumda urugvaylik himoyachi "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi. SHu bilan birga, o'yinchi mavsum davomida psixologik muammolar sababli uzoq muddatga safdan chiqqan edi. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.

Havola :
Fikrlar