So’nggi yangiliklar

12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0

08 sen 17:13
Yangiliklar

Futbol

"Barselona" sobiq futbolchisi butsalarini mixga ildi

"Barselona" va "Fiorentina" jamoalari sobiq azosi Kristian Telo 35 yoshida professional faoliyatiga nuqta qo'yganini malum qildi.

"Bugun hayotimning bir qismi bilan xayrlashish vaqti keldi. SHuncha yillar, shuncha o'yinlar, turli kiyinish xonalari, cheksiz quvonchlar va og'ir damlardan so'ng professional futbolchilik faoliyatimni yakunlash pallasi etdi.

Futbol menga hamma narsani berdi. U bir vaqtlar imkonsiz bo'lib tuyulgan orzularimni ro'yobga chiqarishga, umrim davomida yodda saqlaydigan insonlar bilan tanishishga hamda xotiramda bir umrga muhrlanib qoladigan lahzalarni boshdan kechirishga imkon yaratdi. Men uchun barcha narsani anglatuvchi liboslarni kiyish, bu yo'lni jamoadoshlarim, murabbiylar, klub xodimlari, do'stlarim va eng avvalo, oilam bilan bo'lishish baxtiga muyassar bo'ldim.

Qachondir menga muxlislik qilgan, qo'llab-quvvatlagan, tanqid qilgan yoki shunchaki yonimda bo'lgan barchaga rahmat. CHin qalbimdan tashakkur aytaman. Men ushbu sport turiga bor kuchimni berganimdan qanoat hosil qilgan holda, bosib o'tgan yo'limdan cheksiz faxr tuyg'usi bilan ketmoqdaman.

Bugun professional futbolchilik faoliyatim nihoyasiga etmoqda, ammo futbol menga o'rgatgan barcha narsa to abad men bilan qoladi. Rahmat senga, futbol", – deb yozdi sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

2.jpg

"Barselona" va "Fiorentina"dan tashqari ispaniyalik futbolchi faoliyati davomida "Portu", "Betis", "Los-Anjeles", Saudiya Arabistonining "Al Fotih" va "Al Uruba", shuningdek, BAAning "Palm Siti" jamoalarida to'p tepgan. "Barselona" tarkibida Telo Ispaniya chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo'lgan, "Betis" bilan esa Ispaniya Kubogini qo'lga kiritgan.

SHuningdek, Telo Ispaniya milliy terma jamoasi safida 1 ta o'yin o'tkazgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing