29 mar 16:54
Yangiliklar
"Barselona" uchun yangi muammo
Angliyaning "Bolton" futbol klubi "Union Adarve" singari o'tgan yoz ispaniyalik futbolchini sotib olishda "Barselona" bazi qonunlarni buzganligi bo'yicha FIFAga ariza topshirdi. Har ikki klub "Barsa" Markos Alonsoni qo'lga kiritishi transfer va futbolchini tarbiyalaganlik uchun malum miqdorda summaga haqli ekanliklarini takidlashmoqda. FIFA har ikki tomon fikr va iddaolarini tinglab ulgurgan va endi qaror qabul qiladi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, FIFAda shunday tizim borki, unga ko'ra, transfer summasidan malum foizi o'yinchini 12 yoshligidan keyingi davrda tarbiyalashda ishtirok etgan klublarga yo'naltirilishi zarur. Markos Alonso asosan "Real" akademiyasida tahsil olgan, lekin u shu bilan birga "Union Adarve" hamda keyinroq, 19 yoshida, "Bolton" safida ham to'p tepgan.
"Bolton" esa "Union Adarve"dan o'rnak olgan holda FIFAga ariza yo'llagan. Alonso 2010 - 2013 yillar davomida, hali 19ga kirmay, aynan inglizlar safida harakat qilgani tufayli, "Bolton" o'z ulushlarini talab qilishmoqda.
FIFA har ikki tomon vakillari keltirgan fakt va iddaolarni tinglab ulgurgan. Endilikda tashkilot yakuniy qaror chiqarishi kutilmoqda.
Fikrlar