01 avg 16:00
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" yozgi to'rtinchi transferini amalga oshirdi
"Barselona" rasman "Bryugge" vingeri Jessi Bisivu bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Kataloniya klubi 18 yoshli iqtidorli futbolchi uchun 8,5 million evro to'laydi. SHuningdek, kelishuvga ko'ra, "Bryugge" kelajakdagi transferdan 20 foiz ulush oladi.
Bisivu "Barselona" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. U o'tgan mavsumda "Bryugge" akademiyasidan asosiy jamoagacha ko'tarilib, o'zining tezkorligi, driblingi va qanotdagi faol harakatlari bilan Evropa skautlari etiborini tortgan edi.
Eslatib o'tamiz, bu "Barselona"ning joriy yozgi transferlar oynasidagi to'rtinchi xaridi bo'ldi. Bunga qadar kataloniyaliklar Entoni Gordon, Karim Adeyemi va Hamza Abdelkarimni o'z safiga qo'shib olgandi.

Havola :
Fikrlar