13 may 11:03
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" London klubi futbolchisiga deyarli 70 mln evro to'lashga tayyor
"Bavariya" "Kristal Pelas"ning 20 yoshli markaziy yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqmoqda.
Myunxenliklar futbolchi uchun 60 mln funt (69,6 mln evro) taklif qilishga tayyorlar. "Bavariya" skautlari so'nggi 18 oy davomida Uortonning faoliyatini kuzatib kelishmoqda.
Qayd etilishicha, "Bavariya" bungacha ingliz futbolchisi bilan shartnoma imzolashga uringan, ammo bu muvaffaqiyatsiz kechgandi.
Uorton joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar