20 okt 10:40
Yangiliklar
Baxram Murtazaliev Timofey Czyuni nokaut evaziga mag'lub etdi
Oqshomning markaziy jangi birinchi o'rta vazn (69,9 kg.gacha) toifasida amaldagi IBF chempioni rossiyalik Baxram Murtazaliev hamda avstraliyalik sobiq chempion Timofey Czyu o'rtasida o'tkazildi.
O'n ikki raundlik chempionlik jangi biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Murtazaliev uchinchi raundda nomdor raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu 31 yoshli Baxram uchun ilk chempionlik himoya jangi bo'ldi. Sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyuning o'g'li bo'lgan 29 yoshli Tim faoliyatida ilk bor nokaut bilan yutqazdi.
Etiborlisi, Murtazaliev ikkinchi raundning o'zida uch bor Czyuni nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. Uchinchi raund oldidan Czyu shifokor ko'rigida ham bo'ldi. To'rtinchi nokdaundan keyin Tim Czyuning sekundantlari jangni to'xtatishga majbur bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning mart oyida Timofey Czyu amerikalik Sebastyan Fundoraga yutqazib, WBO chempionlik kamarini qo'lda chiqargandi. Czyu hisobida 24 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Murtazaliev esa bugun 23-g'alabasini tantana qildi. Nokautli g'alabalari soni 16 taga etdi. U mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelyapti.
Fikrlar