So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

04 jan 10:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Baxtsiz hodisadan keyin Entoni Joshuaning telefoni o'g'irlab ketilgan

Teglar :  Entoni Joshua
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning amakisi Aledamola Joshua Nigeriya davlat xizmatlarini jiyani jarohatlangan avariya paytida to'liq namoyon bo'lgan favqulodda vaziyatlarda yordamni yomon tashkil etgani uchun tanqid qildi.

Xususan, amakisining aytishicha, Entoni jarohatlariga qaramay, kasalxonaga olib borilgan mashinagacha shossedan mustaqil yurishga majbur bo'lgan. U, shuningdek, Nigeriyada tez tibbiy yordam xizmati umuman rivojlanmagani va ko'pchilik uni chaqirish uchun qaysi raqamga qo'ng'iroq qilish kerakligini bilmasligini takidladi.

Aledomola Joshuaning so'zlariga ko'ra, voqea joyida bo'lgan odamlarning xatti-harakatlari ham tanqidga loyiq: ular jabrlanganlarga qo'llaridan kelgancha yordam ko'rsatishga urinish o'rniga, avariya oqibatlarini telefonlarga yozib olishni va buzilgan mashinadan tushgan narsalarni yig'ishni boshlashgan. To's-to'polonda hatto sumkasida yotgan Entoni Joshuaning telefonini ham o'g'irlab ketishgan.

Amakisining aytishicha, Entoni baxtsiz hodisadan olti soat oldin har yilgidek qarindoshlari bilan bayram qilish uchun Nigeriyaga kelgan (Entoni Joshua bolaligida bir muddat Nigeriyada yashagan va mahalliy maktabda o'qigan, u ham Nigeriya fuqaroligiga ega).

Hozirda Entoni Joshua Angliyaga qaytib ketgan, u erda ushbu avtohalokatda halok bo'lgan murabbiylari va do'stlari Sayna Gami va Latif Ayodelening dafn marosimida ishtirok etishi kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing