So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

02 sen 12:21
Yangiliklar

Tadbirlar

Bayram sabab chiroyli ananalar davom etadi

Teglar :  Mustaqillik kuni
Malumki, har yili jonajon vatanimizning eng ulug', eng aziz bayrami hisoblanmish Mustaqillik kuni arafasida davlatimizning etibori va qo'llab-quvvatlashi bilan sportimiz faxriylariga yuksak ehtirom ko'rsatib kelinadi.

Mana shunday ezgu tashabbus ananasi bu yil ham davom ettirilib, umrlarining katta qismini o'zbek sportining bugungi rivojiga sarf qilgan faxriylarimizga pul mukofotlari topshirildi. 

Milliy Olimpiya qo'mitasida o'tgan tadbirda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari Abdulla Aslonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi bir guruh faxriylar ishtirok etishdi. 

Tadbirda so'z olganlar davlatimiz tomonidan Mustaqillik bayrami arafasi har bir fuqarolarimizga o'zgacha shukuh ulashish maqsadida katta ish olib borilayotgani, xususan, keksalarning holidan xabar olinib, ularni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilganini alohida takidladilar. 

SHundan so'ng 42 nafar faxriyga Sportni rivojlantirish vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasining bayram sovg'alari topshirildi. Yakunda so'z olgan fidoyilarimiz ularga ko'rsatilayotgan bunday etibordan mamnun ekanliklarini, kelajakda ham sportimiz rivoji, jonajon Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing