04 sen 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Baysangur Susurkaev Nursulton Ro'ziboevning sobiq raqibi bilan jang qiladi
16 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida MMA bo'yicha UFC 322 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Baysangur Susurkaev ham oktagonga ko'tarilishi malum bo'ldi.
24 yashar sportchiga o'sha kuni amerikalik Erik Makkoniko raqiblik qiladi.
Susurkaev faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'olib bo'lgan. 35 yoshli Makkoniko hisobida esa 10 ta g'alabadan tashqari 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Yodingizda bo'lsa, Erik Makkoniko so'nggi mag'lubiyatini fevral oyida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevdan qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar