25 jan 16:43
Yangiliklar
Dzyudo
Bekmurod Oltiboev qozog'istonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi
Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri turniri davom etmoqda.
Musobaqada +100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekmurod Oltiboev uchinchi bosqichda qozog'istonlik Erasil Kajibaevni ippon evaziga mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. Endi Bekmurod yarim final yo'llanmasi uchun avstriyalik Stefan Xegiga qarshi jang qiladi.
Ushbu vazn toifasidagi hamyurtimiz Alisher Yusupov esa uchinchi davrada mezbon sportchi Or Sassonga qarshi tatamiga chiqib, imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar