16 may 11:19
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekobodda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston kubogi start oldi
Bugun Toshkent viloyatining Bekobod shahrida erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida mamlakat kubogi boshlandi.
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 2007-2008 yillarda tavallud topgan jami 144 nafar yosh kurashchi gilamga chiqyapti.
Musobaqa bosh hakami To'ymurod Adizovning xabar berishicha, bugun 5 ta vaznda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Ayni daqiqalarda 38, 44, 52, 62 va 75 kg vazn toifalarida saralash bellashuvlari o'tkazilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar