05 apr 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev AQSHga etib bordi
Bugun prof boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev mashg'ulotlarni davom ettirish uchun Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketdi.
Bu haqda bokschimiz o'z Instagram sahifasining story`sida malum qildi. U yaqinda O'zbekistonga kelgan murabbiylar - aka-uka Diazlar bilan birga okeanortiga jo'nab ketdi.
Eslatib o'tamiz, Bektemir Meliqo'ziev prof boksdagi so'nggi jangini shu yilning 13 fevral kuni amerikalik Morgan Fitchga qarshi o'tkazib, 3-raundda raqibini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar