05 dek 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev AQSHga jo'nab ketmoqda
Olimpiya o'yinlari finalchisi, professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan Bektemir Meliqo'ziev yana AQSHga yo'l olmoqda.
Bu haqida sportchi Instagramdagi sahifasida malumot berdi.
"Assalomu alaykum, Xudo xohlasa 6 dekabr kuni yana Amerikaga jo'nab ketaman. Duo qilib turinglar, oldimizda katta janglar kutyapti Inshallah", - deb yozib qoldirgan Bektemir.
Eslatib o'tamiz, Bektemir prof ringdagi so'nggi jangini 30 oktyabr kuni Alan Kampaga qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar