18 fev 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev ganalik raqibiga qarshi jangi uchun so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda (VIDEO)
Toshkent vaqti bilan 22 fevral tongida AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi professsional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida super o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bektemir Meliqo'ziev Gana vakili Sena Agbekoga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Bek "Bulli" Meliqo'ziev prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 33 yashar Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Hamyurtimiz hozirda jang uchun so'nggi tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar