22 fev 07:40
Yangiliklar
Bektemir Meliqo'ziev jangdan keyin nimalar dedi?
Cupero'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz ganalik Sena Agbekoni ettinchi raundda texnik nokautga uchratdi va o'ziga tegishli WBA qitalararo chempionlik kamarini himoya qildi.
"Bu jangga xuddi avvalgilarida bo'lgani singari jiddiy tayyorgarlik ko'rgandim. Afsuski, birinchi raunddagi kutilmagan jarohat biroz pand berib qoldi. Raqibim bosh bilan zarba berib yubordi va natijada qoshim yorildi. SHunga qaramay, o'zim uchun muhim g'alabani qo'lga kirita oldim va bundan juda xursandman. Meni qo'llab-quvvatlash uchun kelganlar, televizor qarshisida jangimni tomosha qilgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Ketma-ket ikkita jangda g'alaba qozondim. Maqsadim - jahon chempionlik kamari! O'ylaymanki, tez orada birgalikda bu kamarni O'zbekistonga olib ketamiz. Men chempionlik jangiga tayyorman", - dedi Meliqo'ziev.

Fikrlar