31 may 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev jangga tayyorgarlik jarayonida burnidan jarohat olgan ekan
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev bugun Las-Vegasda o'tkazilgan boks oqshomida amerikalik Daryus Fulgxemni ochkolar evaziga mag'lub etdi.
Ushbu g'alabadan so'ng bokschimiz o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'alabadan juda xursandman. Bu jang men uchun muhim ahamiyatga ega edi. CHempionlik jangiga tayyorgarlik bahsi bo'ldi. SHunday imkoniyat bergani uchun Oskar de la Xoyyaga, "Golden Boy" va "Mir boksa"ga rahmat aytaman. Bundan keyin ham chiroyli janglar o'tkazib, chempion bo'lishga vada beraman",
Tayyorgarlik jarayonida burnimdan jarohat olgandim. SHu jarohat bilan jangga chiqdim. Kutilmagan zarbadan so'ng burnim qonab ketdi.
Las-Vegasda ko'p marotaba jang qilganman. Bu erda chempion bo'lishni ham istayman. Raqib kim bo'lishidan qati nazar", - dedi Bektemir Meliqo'ziev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar