31 may 09:42
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev qiyin jangda g'alabaga erishdi va WBA kamari uchun davogarga aylanib oldi
Mazkur jang oqshomining markaziy to'qnashuvida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev WBA Eliminator kamari uchun amerikalik Daryus Fulgxemga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundlik jang to'liq davom etdi va unda Bektemir hakamlarning bir ovozdan bergan 114-112 hisobidagi ochkolari evaziga g'alaba qozondi.
Qayd etish lozimki, 7-raundda Bektemirdan ochko olib tashlandi. 12-raundda esa hamyurtimiz raqibini nokdaun holatiga ham tushirgandi.
SHu tariqa, endi *** Saul Alvaresning kamari uchun davogarga aylandi.
Ushbu ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA Super chempionlik kamari Saul Alvaresga tegishli. Keyleb Plent esa vaqtinchalik chempion hisoblanadi. SHuningdek Uvel Ernandes WBA Gold kamariga egalik qiladi.
Fikrlar