31 okt 06:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev raqibini chuqur nokautga uchratdi va kamar qo'lga kiritdi + VIDEO
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev bugun AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga meksikalik Alan Kampa raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang uchinchi raunddayoq nihoyasiga etdi. Bokschimiz uchinchi raundda ring burchagida raqibiga chap qo'l bilan juda kuchli zarba yo'lladi va Kampani ringga o'tqazib qo'ydi. SHu tariqa bokschimiz faoliyatidagi oltinchi jangda nokautli g'alabaga erishdi va vakant bo'lib turgan WBO Intercontinental kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar