29 jan 07:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev raqibini nokautga uchratdi + VIDEO
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Kaliforniyada "Golden Boy" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jangda hamyurtimiz amerikalik Ulises Serraga qarshi ringga ko'tarildi.
10 raundlik jang 3-raunddyoq o'z yakuniga etdi. Bektemir 3-raund yakunlanishiga oz qolganda chap qo'li bilan bergan kuchli zarbasi orqali raqibini yiqitdi va shu tariqa nokaut evaziga g'alabaga erishdi.
Ushbu g'alaba orqali Bektemir WBO Global kamarini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, Bektemir prof ringdagi 12-jangida 11-g'alabasini qo'lga kiritdi. 9 ta jangda u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. 1 ta jangda esa u imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar