24 fev 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev: "So'nggi sinov jangi berilgandi"
Super o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo'ziev so'nggi jangi haqida fikr bildirdi.
29 yoshli hamyurtimiz 22 fevral tongida ganalik Sena Agbekoga qarshi jang qilib, muddatidan avval g'alaba qozongandi.
"Ko'pchilik ko'rdi, jang oson bo'lmadi. Raqib ham yaxshi tayyorlangandi. Menga chempionlik jangi oldidan so'nggi sinov jangi berilgandi. Ringda hamma narsa bo'lishi mumkin. Birinchi raunddayoq raqib noqulay jang qilgani tufayli kutilmaganda jarohat oldim. SHundan keyin bosh bilan zarbalar ham juda ko'p noqulaylik tug'dirdi. SHuning uchun, o'zimni tiklab olishimga 4-5 raund ketdi. Xudoga shukur, oxirida chiroyli g'alabaga erishdik", deydi Meliqo'ziev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar