04 fev 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev va uning raqibi bo'lajak jang uchun tayyorgarlikni davom ettiryapti (VIDEO)
Toshkent vaqti bilan 22 fevral tongida AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi professsional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida super o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bektemir Meliqo'ziev Gana vakili Sena Agbekoga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Bek "Bulli" Meliqo'ziev prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 33 yashar Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Bokschilar ayni kunlarda mazkur bo'lajak to'qnashuv uchun tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar