22 fev 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'zievning ganalik bokschiga qarshi jangi muddatidan avval yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi professsional boks oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqa doirasida super o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bektemir Meliqo'ziev Gana vakili Sena Agbekoga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raundga mo'ljallangan jang ettinchi raundda Bektemir "Bulli"ning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Meliqo'zievning kuchli zarbasidan so'ng referi hisobni ochdi va jang to'xtatildi.
Malumot uchun, 29 yoshli Bektemir Meliqo'ziev prof faoliyati davomida 18 ta jang o'tkazib, 17 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 33 yashar Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g'alaba bor, bugun u beshinchi mag'lubiyatiyatini qabul qilib oldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar