26 dek 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemirga qarshi jang qilmagan Kovalyovning yangi vazndagi jang muddati malum
Rossiyalik sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov 2022 yilning fevral oyida ringga qaytishi mumkin.
Bu haqida bokschining jamoadoshlaridan biri malumot bergan.
"Sergey fevral oyida Rossiyada jang o'tkazishi mumkin. Raqib va aniq sana yaqinda malum bo'ladi. Bu og'ir vazn toifasidagi jang bo'ladi", - degan manbaa.
Eslatib o'tamiz, Kovalyov shu yilning boshida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq rossiyalik bokschida doping bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgani sabab, ushbu bahs bekor qilingandi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar