31 dek 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemirning promouteri Meyvezerga qarshi revanshda ishtirok etishga tayyor
Sobiq bokschi, bugungi kunda Golden Boy promouterlik kompaniyasi rahbari hisoblangan Oskar de la Xoyya afsonaviy Floyd Meyvezerga qarshi revansh o'tkazishga tayyorligini malum qildi.
"Men doimo eng kuchlilarga qarshi jang qilganimdan faxrlanib kelganman. Nima uchun Kaneloni mag'lub etgan yigit bilan jang qilmasligim kerak?
Nima uchun Meyvezerga qarshi revanshda qatnashmasligim kerak? Intriganing barchasi shu erda", - dedi Oskar de la Xoyya.
Malumot uchun, bokschilar o'rtasidagi jang 2007 yilda o'tkazilgan va unda Meyvezer Oskarni ochkolar evaziga ko'ra mag'lub etgan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziev Oskar de la Xoyya bilan hamkorlik qilmoqda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar