So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 sen 09:49
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bekzod Abdurahmonov 1/16 finalda Tokio Olimpiadasi chempioniga yutqazdi, lekin hali bronza va Parij-2024 chiptasi uchun umid bor

SHu kunlarda Serbiya poytaxti Belgrad shahri sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Kecha jahon chempionatining navbatdagi kuni erkin kurash bo'yicha bellashuvlar davom ettirildi. Hamyurtlarimizdan Javrail SHapiev bronza medali uchun bahsda yutqazgan bo'lsa-da, lekin yana bir uchrashuvda g'alaba qozongan holda Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov -74 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etdi. Asosiy tayyorgarlikni AQSHda olib borgan erkin kurashchimiz ilk bosqichda polshalik Kamil Ribichkini 12-1 hisobida mag'lub etdi. Ammo 1/16 finalda Tokio Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon chempioni, rossiyalik Zaurbek Sidakovga yutqazib qo'ydi. Sidakov finalga yo'l olgani bois, Abdurahmonovda bronza medali hamda Parij Olimpiadasi uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchun u birinchi galda o'tish bahsida gruziyalik Avtandil Kenchadzeni mag'lub etishi lozim. 

Jahon chempionatining -57 kg vazn toifasida bahslarida yurtimiz sharafini Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev himoya qilmoqda. U ilk bosqichda SHri-Lanka kurashchisi Gayan Ekanayakani mag'lub (10-0) etdi. 1/8 finalda esa serbiyalik Stefan Michichga yutqazib (2-7) qo'ydi. Michich finalga yo'l olgani bois, Abdullaevda ham bronza medali hamda Parij Olimpiadasi uchun imkoniyat yuzaga keldi. Bugun G'ulomjon o'tish bahsida koreyalik Kim Guk Xeonga qarshi gilamga chiqadi.   

-92 kg vazndagi erkin kurashchimiz Rustam SHodiev birinchi davrada polshalik Mixal Yan Beilavskidan 10-2 hisobida ustun keldi. Ammo 1/8 finalda gruziyalik Miriani Maysuradzega imkoniyatni boy (0-10) berib qo'ydi va jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. 1/2 finalda qozog'istonlik Rizabek Aytmuxanga yutqazgan Maysuradze bugun bronza medali uchun kurashadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing