15 sen 10:10
Yangiliklar
Bekzod Abdurahmonov boshchiligidagi erkin kurashchilarimiz jahon chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi
Jahon chempionati doirasidagi erkin kurash musobaqasiga qura tashlanib, terma jamoamiz azolari ilk bosqichdagi raqiblarini bilib olishdi. Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov 1/16 finalda turkiyalik Muhammad Akdenizga qarshi gilamga chiqadi. U Olimpiadadan keyin 86 kg vaznda kurashib kelayotgandi. Lekin jahon chempionatida 79 kg vaznda medallar uchun bellashadi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi Belgrad mezbonligida o'tayotgan jahon chempionatiga 92 va 97 kg vazn toifasidagi erkin kurashchilarni olib ketishmagan. Qolgan 8 ta vaznda o'zbekistonlik kurashchilar medallar uchun gilamga chiqadilar.
Erkin kurashchilarimiz uchun qura natijalari:
57 kg: 1/16 final. G'ulomjon Abdullaev - Diamantino Fafe (Gvineya-Biscau)
61 kg: 1/16 final. Jahongirmirzo Turobov - Ali Aburumayla (Falastin)
65 kg: 1/16 final. Abbos Rahmonov - Maurise Mcheyl (Kanada)
70 kg: 1/16 final. Ilyas Bekbulatov - Entoni Uesli (Kabo-Verde)
74 kg: 1/16 final. Asomiddin Hasanov - Soner Demirtash (Turkiya)
79 kg: 1/16 final. Bekzod Abdurahmonov - Muhammad Akdeniz (Turkiya)
86 kg: 1/16 final. Bobur Islomov - SHota SHirai (Yaponiya)
125 kg: 1/16 final. Hasanboy Rahimov - Magomedgadji Nurasulov (Serbiya)
Fikrlar