So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

27 fev 19:16
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bekzod Abdurahmonov va G'ulomjon Abdullaev 1/2 finalda, Jalolovda bronza uchun imkoniyat bor

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonligida o'tayotgan yilning dastlabki reyting turnirining so'nggi kungi bahslari qizg'in kurashlar ostidav davom etmoqda.

O'zbekiston erkin kurash terma jamoasining 6 nafar vakili musobaqa medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishgandi. Ulardan Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov hamda olimpiya o'yinlari ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. 

Vaznini 12 kilogrammga ko'tarib, 86 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ilk bor qatnashayotgan Abdurahmonov nimchorak finalda qozog'istonlik Maksat Satibaldini 9-4, chorak finalda gruziyalik Tarzan Maysuradzeni 8-1 hisobida engdi. Uning yarim finaldagi raqibi turkiyalik Osman Gochen bo'ladi. Bekzod dekabr oyida aynan shu vaznda O'zbekiston chempioni bo'lgan edi. 

SHuningdek, Tokio Olimpiadasining yana bir ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev ham o'zi uchun yangi vaznda yarim finalga etib keldi. Abdullaev turkiyalik Rejep Topalni 7-4, ozarbayjonlik Islam Bazarganovni 3-2, qozog'istonlik Akbar Kurbanovni 7-3 hisobida mag'lubiyatga uchrata oldi. Birozdan so'ng yarim finalda qirg'izistonlik Ulug'bek Joldoshbekovga qarshi gilamga chiqadi. 

Qizig'i, 65 kg vazndagi ikki kurashchimiz Abbos Rahmonov va Umidjon Jalolov 1/8 finaldayoq bir-birlari bilan to'qnash kelishdi. Jalolov ilk kvalifikaciya bahsida ozarbayjonlik Ali Rahimzodadan ustun keldi. Ikki yurtdoshimizning murosasiz kechgan uchrashuvida esa Jalolov Rio Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Rahmonovni 9-8 hisobida engdi. Ammo, yarim final ostonasida Umidjon rossiyalik SHamil Mamedovga yutqazib (0-4) qo'ydi. 

Ushbu vazndagi uchinchi vakilimiz Nodir Rahimov esa ilk saralash bosqichida ruminiyalik Nikolay Oxlopkovga imkoniyatni boy berdi. 74 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Asomiddin Hasanov Pritam Pritam (Hindiston) to'sig'idan o'ta olmadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing