19 apr 11:01
Yangiliklar
Bekzod Abdurahmonov va G'ulomjon Abdullaevni Olimpiada licenziyasidan bitta g'alaba ajratib turibdi
Bugun musobaqaning ilk kuni erkin kurash bo'yicha 5 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etilmoqda. Quvonarlisi, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchilari - G'ulomjon Abdullaev (57 kg) va o'sha olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov ikkitadan g'alabaga erishib, 1/2 finalga yo'l olishdi.
Yana bir g'alaba har ikki kurashchimizni finalga olib chiqish barobarida, ularga Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini taqdim etadi. Ushbu licenzion turnirda aynan finalga etib kelgan kurashchilar Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.
Qolgan kurashchilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, 125 kg vazndagi Hasanboy Rahimov ilk davrada 30 soniya ichida suriyalik Omar Saremni tushe bahosi bilan taslim etdi. Birozdan so'ng Umidjon Jalolov (-65 kg) hindistonlik Sujit Kalkalga, eng tajribali kurashchimiz Magomed Ibragimov (-97 kg) esa mo'g'ulistonlik Ganbatarin Ganxuyagga qarshi gilamga chiqadi.
Fikrlar